Qayd etilishicha, yongʻin Uchtepa tumani “Taqachi“ MFY Taqachi koʻchasida joylashgan, tikuvchilik korxonasi omborida yaʼni, “18-avtobus saroyi“ga qoʻshni hududda sodir boʻlgan.

Toshkent shahar FVB xabariga koʻra, yongʻin qutqaruv ekipajlari manzilga soat 21:40 da yetib borgan va yongʻin tungi soat 01:41 da batamom oʻchirilgan.

Yongʻin oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar yoʻq.

Hozirda yongʻinning sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Maʼlumot oʻrnida aytish kerakki, ushbu yongʻin “18-avtobus saroyi“ filiali hududiga oʻtmagan. Ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilaridan asoslanmagan axborotlarni tarqatmasliklarini soʻrab qolamiz, — deyiladi xabarda.