Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, shu yilning 11-noyabr kuni soat 19:50 larda Mirobod tumani Shahrisabz koʻchasi “Sanʼat muzeyi” qarshisida haydovchi 1985-yilda tugʻilgan A.X. boshqaruvida boʻlgan “KING LONG” rusumli avtobus va haydovchi (ayol) 1992-yilda tugʻilgan N.X. boshqaruvida boʻlgan “Lacetti” rusumli avtomashinasi toʻqnashishi oqibatida yoʻl transport hodisasi sodir boʻldi.
Yoʻl transport hodisasi oqibatida “Lacetti” avtomashina haydovchisi tan jarohat olgan.