Toshkentdan Chorvoqqa mavsumiy avtobus qatnovi boshlandi

    Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.

    Toshkent viloyatiga keluvchi xorijiy va mahalliy sayyohlarga qoʻshimcha qulayliklar yaratish maqsadida poytaxtdan Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumaniga (“Chorvoq” erkin turistik zonasiga) grafik asosida qatnovchi mavsumiy avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi.

    Avtobuslar “Mashinasozlar” metro bekatidan soat 8:00 va 18:00 da joʻnaydi. Chorvoqdan (Humson) esa 6:00 va 16:00 harakatlanadi.

    Qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasining YUTONG avtobuslarida amalga oshirilmoqda. Ushbu yoʻnalishda yoʻlkira narxi 20 000 soʻm etib belgilangan.