Transport vazirligining xabar berishicha, mazkur yoʻnalishda qatnovlar “Uzautotrans service” korxonasi tomonidan haftaning seshanba va juma kunlari “Yutong” avtobuslarida amalga oshiriladi.

Ilk qatnov joriy yilning 8-aprel kuni bajariladi. Avtobus “Toshkent“ avtovokzalidan soat 20:00 da joʻnab ketadi. Chipta narxi 900 000 soʻm etib belgilangan.