Toshkentdan Samarqandga qoʻshimcha qatnov yoʻlga qoʻyildi

    Transport 15 Dekabr 2022 1293

    Toshkentdan Samarqandga harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha 14 ta qatnovi yoʻlga qoʻyildi.

    “Yangi yil bayrami” munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida 2022-yilning 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha 14 ta qatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

    Bu qatnov quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

    767-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi:

    Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16.

    768-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi:

    Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

    Maʼlumot oʻrnida, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.