“Yangi yil bayrami” munosabati bilan yoʻlovchilarni tashishni tashkil qilish maqsadida “Toshkent — Samarqand — Toshkent” yoʻnalishida 2022-yilning 26-dekabr kunidan va 2023-yilning 8-yanvar kunigacha yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdining qoʻshimcha 14 ta qatnovlari yoʻlga qoʻyildi.

Bu qatnov quyidagi jadval asosida harakatlanadi:

767-sonli “Samarqand — Toshkent” yoʻnalishi:

Samarqand 11:06 — Toshkent 13:16.

768-sonli “Toshkent — Samarqand” yoʻnalishi:

Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.

Maʼlumot oʻrnida, qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olishingiz mumkin.