2022-yilning yanvar-sentyabr oylarida poytaxtimizdan respublikaning boshqa hududiga doimiy yashash maqsadida ko'chib ketganlar soni 7 741 kishini tashkil etgan. Bu haqida Davlat statistika qo'mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Manbaaga ko'ra, Toshkent shahridan ko'chib ketish o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 676 kishiga (9,6 foizga) oshgan.

Xususan, Toshkent shahridan hududlarga doimiy yashash uchun ko'chib ketganlar soni:

— Toshkent viloyati – 5778 kishi

— Qashqadaryo viloyati – 312 kishi

— Samarqand viloyati – 224 kishi

— Buxoro viloyati – 195 kishi

—  Surxondaryo viloyati – 178 kishi

— Xorazm viloyati – 176 kishi

— Qoraqalpog'iston R. – 149 kishi

— Farg'ona viloyati – 147 kishi

— Andijon viloyati – 132 kishi

—  Jizzax viloyati – 130 kishi

—Navoiy viloyati – 128 kishi

—Sirdaryo viloyati – 121 kishi

— Namangan viloyati – 71 kishini tashkil etmoqda.