Qayd etilishicha, holat shu yilning 07-yanvar kuni soat 16:45 larda Mirzo Ulugʻbek tumani Mustaqillik koʻchasi 53-uy qarshisida sodir boʻlgan.
Maʼlumotlarga koʻra, haydovchi 2000-yilda tugʻilgan T.L. “BYD” rusumli transport vositasini boshqarib kelayotib oʻzidan oldinda piyodalarga yoʻl berish maqsadida toʻxtagan 1966-yilda tugʻilgan Z.E. boshqaruvidagi “Nissan” rusumli avtomashinasining orqa qismiga toʻqnashgan.
Oqibatda toʻqnashuv zarbidan soʻng “Nissan” avtomashinasi qarama-qarshi boʻlakka oʻtib ketib yoʻlni kesib oʻtayotgan 2003-yilda tugʻilgan piyoda A.Oʻ. va 1992-yilda tugʻilgan A.Z.ni urib yuborgan.
Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB masʼul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.