Toshkentga gepatit C ga qarshi dori vositalarining joriy yildagi yettinchi partiyasi yetib keldi

    Misr hukumati tomonidan S gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining navbatdagi partiyasi Oʻzbekistonga yetkazib berildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

    Umumiy 12 dona qutilarda 6720 dona “Sofosbuvir-400mg” dori vositalari Oʻzbekiston Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.

    Misr hukumati tomonidan 2025-yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar boʻlgan jami 800 ming dona C gepatitiga qarshi “Daklatasvir” va “Sofosbuvir”, B gepatitiga qarshi “Entekavir” dori vositalarining berilishi boʻyicha kelishuvga erishilgan edi.

    Hozirgi kunga qadar vazni 13,4 tonnaga teng boʻlgan mazkur dori vositalari Misrdan mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.