Rossiyadan avtobus orqali poytaxtga qurollangan holda kelayotgan kishi Toshkent viloyatida to'xtatib qolindi. Bu haqida Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
“G'ishtko'prik” chegara bojxona postiga “Sankt—Peterburg—Toshkent” avtobusida yo'lovchi sifatida kirib kelgan fuqoroning qo'l yuklari belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o'tkazilganida, yo'lovchining qo'l yuklari orasida 1 dona “Vintovka YUnker-3” nomli pnevmatik qurol maxsus idishda joylangan o'qlari bilan va 21 dona “BONER” nomli gaz balonlari aniqlandi.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.