Qayd etilishicha, koʻrsatilgan sanalarda quyidagi manzillarda soat 9:00 dan 18:00 gacha issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
25-martda – Mirzo Ulugʻbek, Yashnobod, va Yunusobod tumanining bir qismida (ToshGRES mikrorayoni)
Mustaqillik maydoni, Mirzo Ulugʻbek, Buyuk ipak yuli, Qori Niyoziy, Muhammad Yusuf, Sayram, Tamaraxonim, Tamaraxonim proyezdi, Oqqoʻrgʻon, Oʻtkir Sultonov, Osiyo, Lev Tolstoy, Navnihol, 3-Navnihol, Yassi, Kalandar, Boʻz, Sayram 5-proyezd, Sayram 7-proyezd, Chust, Katta Sharxon, Katta Sharxon 2-proyezd, Geologiya, Ibrohim Moʻminov, Niyozbek yoʻli, Kichik xalka yoʻli, Katta xalka yoʻli, Doʻrmon yoʻli, Shahriobod, Ziyolilar, Mirzakalon Ismoiliy, Parkent, Bogʻishamol, Namangan, Zarbuloq, Qirq yigit, Ozodlik, Feruza, Yalangʻoch mavzesi, Tashselmash, Mavlono Riyozi, 1-Boʻz, 2-Boʻz koʻchalari, ToshGRES posyolkasi, Hamid Olimjon maydoni, Toshkent davlat agrar universiteti hududi.
26-martda – Chilonzor va Uchtepa tumanlari
Zargarlik, Lutfiy, Qatortol, Guliston, Farhod, Choʻpon ota, Bogʻiboʻston, Kichik xalka yoʻli, Naqqoshlik, Dombrobad, 4-y proyezd Dombrabad, Serkuyosh, Oʻsmir, Taxiatosh, Shirin, Maqsud Shayxzoda, 1-Qatortol, 2-Qatortol, Al-Xorazmiy, 1-Al-Xorazmiy, 2-Al-Xorazmiy, Katta Xirmontepa, Sharq, Guliston koʻchalari Chilanzor mavzesi (5–12, G9A, 16–20, 24–26, S, 20A kvartallar)
27-martda – Mirzo-Ulugbek tumani
Mirzo Ulugʻbek, Temur Malik, Avayxon, Mingbuloq, Mirishkor, Shukur Burxonov, Razzoq Hamroyev, Salom, Doʻrmon yoʻli koʻchalari, 2-, 3-, 4-, 6-, 7- Qorasuv mavzelarida issiq suv taʼminoti vaqtincha toʻxtatiladi.
Maʼlumot uchun, sinovlar kelasi isitish mavsumiga puxta tayyorgarlik koʻrish maqsadida oʻtkazilmoqda. Maksimal haroratdagi sinovlar davomida quvurlarda shikastlanishlar yuz berishi, issiq suv yoʻllar va trotuarlarga chiqib ketishi mumkin, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, haydovchilar, piyodalar, maʼmuriy binolardan foydalanuvchilar va turar-joy binolari aholisidan ehtiyotkorlikka rioya etish soʻralmoqda.