Ta'mirlash ishlari tufayli Mirzo Ulug'bek, Sergeli va Bektemir tumanlarining quyidagi hududlariga 9 avgust kuni tabiiy gaz etkazib berish vaqtincha to'xtatiladi

Mirzo Ulug'bek tumani (soat 10:00 dan 18:00 gacha)

— "Alisherobod” MFYdagi 347 ta erli xonadon va 2 ta ko'p qavatli uydagi 20 ta xonadon.

Sergeli tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)

— “Eshonbuloq” MFY Muqanna va Xonobod ko'chalaridagi 467 ta erli xonadon;

— “Sadoqat” MFY Tabarruk va Tavallo ko'chalaridagi 730 ta xonadon;

— “Xonobod” MFY Kichik soy ko'chasidagi 125 ta erli xonadon.

Bektemir tumani (soat 11:00 dan 16:00 gacha)

— Aholi iste'molchilari soni: 2 ta ko'p qavatli uydagi 60 ta xonadon.