Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ axborot xizmati xabar berdi.
Isteʼmolchilarga sifatli va barqaror elektr energiyasi yetkazib berilishini taʼminlash va elektr tarmoqlaridagi avariyaviy holatlarni oldini olish hamda mavjud elektr qurilmalarida taʼmirlash ishlarini olib borish maqsadida bugun, 16-sentyabr kuni quyidagi manzillarda elektr taʼminoti vaqtincha oʻchirildi:
Bektemir tumani: “Iykota” MFYning ayrim hududlarida soat 10:00 dan 14:00 gacha;
Mirobod tumani: “Sarakul” MFYning ayrim hududlarida soat 09:30 dan 18:00 gacha.
Oʻz navbatida, yuqoridagi hududlarda taʼmirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligini bildirib oʻtamiz.
“Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJ mazkur taʼmirlash ishlari tufayli elektr taʼminotidagi vaqtincha uzilishlar sababli yetkazilayotgan noqulayliklar uchun ushbu hududlarda yashovchi isteʼmolchilardan uzr soʻraydi, — deyiladi xabarda.