Bu “Atmosfera havosi ifloslanishi monitoringini avtomatlashtirish” loyihasi doirasida amalga oshirildi. Oʻrnatilgan stansiyalar havo ifloslanishini yuqori darajadagi aniqlikda oʻlchash boʻyicha patentlangan texnologiyalarga ega.
Taʼkidlash joizki, avtomatik stansiyalarni oʻrnatish joyini tanlash turli omillarga bogʻliq. Ular orasida aholi zich joylashgan hududlar, asosiy yoʻllar va transport magistrallari, muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar muhim oʻrin tutadi. Bu oʻz navbatida aholi turmush sifatini yaxshilash va atrof-muhitni muhofaza qilish boʻyicha qarorlar qabul qilish uchun aniq maʼlumotlar toʻplash va ulardan samarali foydalanish imkonini beradi.
Stansiyalar sonining koʻpayishi, albatta, bu borada malakali kadrlarni talab qiladi. Shuning uchun ham Gidrometeorologiya agentligi xodimlari stansiyalardan kelayotgan maʼlumotlarni tahlil qilish, shuningdek, uskunalar va dasturiy taʼminotdan foydalanish boʻyicha muntazam ravishda oʻqitilmoqda.