Choʻpon ota koʻchasidan Yangi Sergeli koʻchasigacha boʻlgan qismda esa ishlar jadal surʼatda davom etmoqda.

Eʼtiborga olish lozimki, avtotransport harakatlanishining ochilishi texnik xususiyatga ega, yaʼni texnik va texnologik (qurilish emas) ishlar bilan birga olib borilmoqda. Yondosh mahalla va mavzelardan kirish-chiqish yoʻllari, kommunal tizimlarni yotqizish, avtobus bekatlarini alohida toʻsiq bilan oʻrash ishlari yakuniga yetkazildi.

«Iltimos, quyidagilarni inobatga oling: ushbu hududda yoʻl yoritgichlari qisman oʻrnatilgan, vaqtinchalik yoʻl chiziqlari chizilgan, avtobus yoʻlagida bekat majmualarini oʻrnatish ishlari olib borilmoqda, zamonaviy yoʻl belgilarining aksariyati allaqachon oʻrnatilgan, barcha svetofor tizimlari ulanib, meʼyoriy tarzda ishlamoqda.
Jarayonlarni yakunlashga qaratilgan ishlar tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda davom ettiriladi. Ushbu qaror poytaxtdagi transport vaziyatini yengillashtirish maqsadida harakatlanishni bosqichma-bosqich yoʻlga qoʻyish va tiklash boʻyicha umumiy rejaning bir qismidir.
Shu munosabat bilan, ish jarayonida bartaraf etiladigan kamchilik va nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligini tushunish bilan qabul qilishingizni soʻraymiz.
Aholidan, barcha qatnov ishtirokchilaridan, ota-onalar va bolalardan alohida ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni soʻraymiz — yoʻlning qatnov qismida ishchilar va texnika ishlamoqda«, deyiladi Toshkent shahar hokimligi xabarida.