Taʼmirlash ishlari tufayli Mirobod va Yashnobod tumanlarining quyidagi hududlariga 30-oktyabr kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaztaʼminot” matbuot xizmati xabar berdi.

Mirobod tumani — Joʻrabek, Olot, Bakinskiy, Obod-Makon, Uz-Bum koʻchalari:

  • aholi xonadonlari soni — 450 ta.

Yashnobod tumani — “Tong yulduzi” va “Qorasuv” mahallalari:

  • aholi xonadonlari soni – 300 ta.

Mirobod va Yashnobod tumanlarida:

  • ulgurji isteʼmolchilar soni — 7 ta.

Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi. Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun gaz taʼminoti filiali isteʼmolchilardan uzr soʻraydi.