Respublika maxsus komissiyasining 2020-yil 15-avgustdan karantin cheklovlarini bosqichma-bosqich yumshatish boʻyicha qabul qilgan qaroriga asosan yoʻlovchilarga yana-da qulaylik yaratish maqsadida 2020-yil 11-sentyabrdan Toshkent – Qarshi – Toshkent yoʻnalishida 4/3 sonli “Nasaf” tezyurar yoʻlovchi poyezdi harakati qayta yoʻlga qoʻyiladi.
Poyezd 11-sentyabr kuni soat 08:52 da Toshkent Markaziy temiryoʻl vokzalidan hamda shu kuni soat 17:37 da Qarshi temiryoʻl vokzalidan harakatini boshlaydi.
Yoʻlovchilar chiptalarni temiryoʻl kassalaridan, shuningdek, onlayn tarzda ham xarid qilishlari mumkin, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.