Tadbirni Agentlik bosh direktori birinchi oʻrinbosari Shuhrat Rizayev ochib berdi va vatanparvarlik mavzusidagi filmlar haqida toʻxtalib oʻtdi. Shuningdek, bir qator mehmonlar soʻzga chiqib, oʻzbek kinosidagi ijobiy oʻzgarishlar, ayniqsa harbiy mavzudagi film hamda seriallarga boʻlgan eʼtibor kuchayganini eʼtirof etishdi.
Tadbir davomida Ichki ishlar vazirligi ashula va raqs ansambli ijrosida kuy-qoʻshiqlar ijro etildi.
Soʻngra tomoshabinlar uchun rejissyor Hilol Nasimov tomonidan suratga olingan “Vatan ostonasi” badiiy filmi namoyish etildi.
Mazkur kinokartinada chegarachilar hayoti va faoliyati haqida hikoya qilinadi. Shuningdek, film voqealari zamirida bagʻrikenglik, tinchlik, qoʻshni davlatlar bilan doʻstona munosabat kabi mavzular oʻrin olgan.