2021-yil 14-may kuni Toshloq tumani hududida oʻtkazilgan “Qoradori-2021” keng qamrovli tadbirda, IIV JQBB, viloyat IIB hamda Toshloq tumani IIB xodimlari tomonidan Toshloq tumani “Qoʻyi Yakkatut” mahallasida yashovchi 1965-y.t. fuqaro M.Q. yashash xonadoni tekshirilganida, uning tomorqasidan 5.700 tup “koʻknor” oʻsimligiga oʻxshash oʻsimliklar va omborxonasida nasha giyohvand moddasiga oʻxshash modda saqlab keayotganligi aniqlanib, ushbu oʻsimliklarning barg va boshoqlaridan namuna olinib, qolgan qismi yoʻq qilindi.
Viloyat IIB EKBning xulosasiga koʻra M.Qning xonadonida yetishtirilayotgan oʻsimlik “koʻknor” oʻsimligi, olingan moddaning sof ogʻirligi 20 gramm “Marixuana” giyohvand vositasi ekanligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov boʻlinmasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 270-moddasi 1-qismi va 276-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.