Toshqin oqibatida ikki bola qurbon boʻldi

    Tashvishli xabar 7 May 2021 633

    Joriy yilning 6-may kunidan 7-may kuniga oʻtar kechasi soat 01:00 lardan 03:30 larga qadar Andijon viloyati Xonobod shahrining Teyit va Xidirsha MFYlarida kuchli sel keldi. 

    Oqibatda 700 ga yaqin xonadon zararlandi, deya xabar berildi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida.

    Yogʻingarchilik sababli Qirgʻiz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018-yilda tugʻilgan farzandlari selda oqib ketishi sababli vafot etgan.

    Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmokda.