Oqibatda 700 ga yaqin xonadon zararlandi, deya xabar berildi Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi Bosh boshqarmasi rasmiy sahifasida. 

Yogʻingarchilik sababli Qirgʻiz ariq kanalining toshishi oqibatida bir oilaning 2 nafar voyaga yetmagan 2013 va 2018-yilda tugʻilgan farzandlari selda oqib ketishi sababli vafot etgan.

Hozirda tabiiy ofatni bartaraf etish uchun Andijon viloyati IIB YXXB xodimlari tomonidan zarur kuch va vositalar hamda maxsus texnikalar jalb etilmokda.