Qarorga koʻra, Toshkent shahrida “ToshTech” texnika universiteti tashkil etiladi.

Universitet akademik, moliyaviy va tashkiliy-boshqaruv sohalarida mustaqil hisoblanadi

2025/2026 oʻquv yilidan Davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan 1-yillik tayyorlov kursi joriy etiladi.

2026/2027 oʻquv yilidan bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim jarayoni yoʻlga qoʻyiladi.

2027/2028 oʻquv yilidan bosqichma-bosqich magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichlari joriy etiladi.

Universitetda taʼlim jarayoni davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida davlat va xorijiy tillarda amalga oshiriladi.

2029/2030 oʻquv yiligacha oʻqishga qabul qilingan talabalar toʻliq davlat granti asosida oʻqitiladi.