Tarixiy va etnografik manbalarga ko‘ra, Toshkent vohasida palov tayyorlash madaniyati asrlar davomida shakllangan. To‘y oshi nafaqat taom, balki kimyo, fizika va biologiya qonuniyatlari uyg‘unlashgan murakkab jarayon bo‘lib, odatda tong saharda yarimsfera shaklidagi qalin devorli cho‘yan qozonlarda pishiriladi.
Mazkur maqom «Toshkent to‘y oshi» nomi va uning anʼanaviy tayyorlash texnologiyasini huquqiy jihatdan himoya qiladi, shuningdek mahsulot sifati davlat meʼyorlariga muvofiqligini kafolatlaydi.
Qayd etilishicha, «Toshkent to‘y oshi» ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarning yorqin ifodasi bo‘lib, bugungi kunda gastronomik turizmni rivojlantirish hamda milliy brendni xalqaro miqyosda targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Maʼlumot uchun, geografik ko‘rsatkich — mahsulotning muayyan hududga mansubligini va uning o‘ziga xos xususiyatlari aynan shu hudud bilan bog‘liqligini tasdiqlovchi intellektual mulk obyekti hisoblanadi.