Maʼlum qilinishicha, joriy yil 2-avgust kuni soat 21:30 larda Toshkent viloyati Toshkent tumani hududida tungi xizmatni oʻtayotgan IIO xodimlari va “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi, fuqaro A.Sh. oʻrtasida nizoli holat yuzaga kelgan.
Hodisa jarayonida fuqaroga tegishli transport vositasining kuzovi hamda oynalariga harakat xavfsizligiga salbiy taʼsir etuvchi yozuvlar — reklama tasvirlari tushirilgani sababli maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Shu bilan birga, fuqaro bilan muloqot vaqtida ayrim xodimlar tomonidan qoʻpollikka yoʻl qoʻyilgani qayd etildi.
Hozirda mazkur holat Toshkent viloyati IIBB tomonidan nazoratga olinib, belgilangan tartibda xizmat tekshiruvi tayinlangan.
Toshkent viloyati IIBB IIO xodimlarini fuqarolar bilan muloqot qilishda qonuniylik prinsiplariga qatʼiy rioya etishga chaqirdi.