Jumladan, yaqinda Oʻzbekiston Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining Xalqaro investitsiyalar va koʻp millatli korxonalar toʻgʻrisidagi Deklaratsiyasiga qoʻshilishi eʼlon qilindi.
Ushbu yoʻnalishdagi ishlarning mantiqiy davomi sifatida Toshkent xalqaro moliya markazi toʻgʻrisidagi Konstitutsiyaviy qonun qabul qilinishi kutilmoqda.
«Bularning barchasi gʻoyalaringiz amaliyotda izchil tatbiq etilayotganining yorqin dalilidir», – dedi davlatimiz rahbari.
Oʻtgan davrda kengash huzuridagi ishchi guruhlar tomonidan investorlar uchun 50 dan ortiq foydali yigʻilishlar oʻtkazildi.
Natijada muqobil investitsiya jamgʻarmalari, garov qonunchiligi, masʼuliyatli biznes yuritish, professional kadrlar tayyorlash, soliq maʼmurchiligi, yer ajratish va energetika kabi ustuvor yoʻnalishlardagi masalalar xorijiy investorlar hamraisligida atroflicha muhokama qilindi.
Bugungi majlisga tayyorgarlik jarayonida 120 ta yangi taklif va tashabbus kelib tushdi. Ularning barchasi batafsil tahlil qilinib, ettita ustuvor yoʻnalishga birlashtirildi.
Bular investitsiya muhitini yaxshilash, soliq tizimi, kadastr, energetika, moliya va bank tizimi, korporativ boshqaruv, sunʼiy intellekt va raqamli iqtisodiyot masalalaridir.
Prezidentimiz, ayniqsa, quyidagi takliflar hozir har qachongidan ham dolzarbligini taʼkidladi.
Xususan, valyuta aylanasidagi monitoring jarayonlarini yengillashtirish, islomiy sugʻurta, "yashil" kredit, bank aktivlari bozorini yoʻlga qoʻyish kabi yangi moliyaviy mexanizmlarni joriy qilish, korxonalarda atrof-muhit, ijtimoiy masʼuliyat va samarali boshqaruvni oʻz ichiga olgan ESG tamoyillarini qoʻllashni ragʻbatlantirish.
Shu bois, har bir yoʻnalish boʻyicha masʼullar belgilab, aniq yechimlar ishlab chiqilishi qayd etildi.
Ushbu dolzarb vazifani oʻz zimmasiga olgan ishchi guruhlar hamraislari – "