Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida yashovchi iste'molchi S.Qurbonovning elektron shakldagi murojaati O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o'rganildi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” yorliqli idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan. Fuqaroning murojaatidan keyin kompaniya servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib bergan. Biroq ma'lum vaqt o'tgach, ushbu muammo yana qaytalangan. Iste'molchi federatsiyadan mahsulotning maqbul sifatdagisiga almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so'ragan.
Murojaatni o'rganish jarayonida ma'lum bo'lishicha, idish yuvish mashinasi 5 million 520 ming so'mga pulini bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste'molchi bildirgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko'rsatilgan.
Holatni o'rganish natijasida nuqsonli tovarning sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Tovar sifatlisiga almashtirib berildi
Iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan.
Urgançda turkiyalik olimning “Men tanigan Özbekiston” kitobi taqdimoti ötkazildi
- Tibbiyotda infratuzilmani rivojlantirish va sohada xususiy sektor ishtirokini kengaytirish choralari ko‘rib chiqildi
- Prezidentimiz Ibn Sinoning bolaligi haqidagi film suratga olinayotgan maydonni koʻzdan kechirdi
- Özbekiston fuqarolarining Misrga kirişi böyiça yangi qoidalar 2027-yilga qoldirildi
- Davlatimiz rahbari kinoijodkorlar bilan uchrashib, milliy kinematografiya sohasini rivojlantirishning yangi vazifalarini belgilab berdi
- Kino sohasida boshqaruvni tubdan isloh qilish rejalashtirilmoqda
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Özbek alifbosidagi 4 ta harf özgardi: hujjatlarni almaştiriş şart emas
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi
- Pensiya islohotlari: fuqarolar oʻz kelajagidan xavotir olmasligi lozim
- Terma jamoamiz FIFA reytingida bir pog‘ona yuqoriladi