Farg'ona viloyati Qo'shtepa tumanida yashovchi iste'molchi S.Qurbonovning elektron shakldagi murojaati O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tomonidan o'rganildi, deya xabar bermoqda federatsiya axborot xizmati.
Unda qayd etilishicha, iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” yorliqli idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan. Fuqaroning murojaatidan keyin kompaniya servis xizmati mutaxassislari ushbu nuqsonni bartaraf etib bergan. Biroq ma'lum vaqt o'tgach, ushbu muammo yana qaytalangan. Iste'molchi federatsiyadan mahsulotning maqbul sifatdagisiga almashtirilishi yoki puli qaytarilishida amaliy yordam so'ragan.
Murojaatni o'rganish jarayonida ma'lum bo'lishicha, idish yuvish mashinasi 5 million 520 ming so'mga pulini bo'lib to'lash sharti bilan sotib olingan. Mashinada haqiqatan ham iste'molchi bildirgan nuqson mavjud. Kafolat muddati doirasida bepul servis xizmati ko'rsatilgan.
Holatni o'rganish natijasida nuqsonli tovarning sifatlisiga almashtirib berilishiga erishildi.
Tovar sifatlisiga almashtirib berildi
Iste'molchi “Grand” kredit do'konidan “Artel” kompaniyasida ishlab chiqarilgan idish-tovoq yuvadigan mashina sotib olgan, lekin uskunaning suv isitish mexanizmi tez-tez ishlamay qolgan.
Davlat oliy va kasbiy ta’lim tashkilotlariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar statistikasi e’lon qilindi
- O‘zbekistondagi eng keksa Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi 116 yoshida vafot etdi
- Muddati oʻtgan transport vositalarini utilizatsiya qilish tartibi yo‘lga qo‘yiladi
- O‘zbekiston ASЕANning Do‘stlik va hamkorlik shartnomasiga qo‘shilishni rejalashtirmoqda
- Tomskda O‘zbekiston fuqarolariga konsullik-huquqiy yordam ko‘rsatildi
- Farg‘ona viloyatida elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan fermer xo‘jaligi fosh etildi
Prezidentimiz maishiy va avtomobil kimyo mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxonada bo‘ldi
- Kimyo sanoatini jadal rivojlantirish vazifalari belgilandi
- Oʻzbekiston Prezidenti amaliy tashrif bilan Rossiyada boʻladi
- Reuters: Ilon Mask tarixdagi ilk trillionerga aylandi
- Oʻzbekiston terma jamoasining Kanadaga qarshi asosiy tarkibi maʼlum bo‘ldi
- Onkologiya xizmati va palliativ yordam tizimi takomillashtiriladi