Tovar-xomashyo birjalarida shakar va un narxining pasayishi davom etyapti

    Moliya 17 Iyun 2022 1696

    Jumladan, bir tonna shakarning narxi 10-iyundagi 14 555 ming soʻmdan 16-iyunga kelib 10 627 ming soʻmga tushgan va 27 %ga arzonlashgan.

    Shuningdek, 10-iyunda birja savdolarida 1-navli un mahsulotining bir tonnasi 4 530,8 ming soʻmdan sotilgan boʻlsa, 16-iyundagi natijalarga koʻra, unning narxi 5,2 %ga arzonlashgan va bir tonnasi 4 294,6 ming soʻmdan realizatsiya qilingan.

    shbu hafta boshidan buyon, yaʼni 13-16-iyun kunlari birja savdolariga 9 003 tonna shakar mahsuloti chiqarilgan boʻlib, bir kunlik savdolarga oʻrtacha 2 250,7 tonnadan toʻgʻri kelyapti.

    Shu bilan birga 1-navli unning 13-16-iyun kungi birja savdolarida taklif etilgan jami hajmi 28 154,8 tonnani tashkil etib, bir kunlik savdolarga oʻrtacha 7 038,7 tonnadan toʻgʻri kelgan, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.