Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida “O.P.N.” MCHJ rahbari A.I. Navoiy shahridagi parranda yetishtirish binosida 3 dona “Innosilicon T3+” rusumli mayning va boshqa qurilmalarni oʻrnatib, 106,5 mln. soʻmlik elektr energiyasini talon-toroj qilgani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan A.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibida ushlangan.