Toyloq tumanidagi “Bogʻizagʻon” podstansiyasidagi transformatorda yongʻin toʻliq bartaraf etildi

    Energetika 12 Dekabr 2022 620

    Kecha, soat 20:18da Toyloq tumanidagi “Bogʻizagʻon” podstansiyasidagi transformatorda yongʻin yuzaga kelgan.

    Buning natijasida tumanning ayrim hududlarida elektr taʼminotida uzilish kuzatildi.

    Hozirda podstansiyasidagi transformatorda yuzaga kelgan yogʻin toʻliq bartaraf etildi, deya xabar beradi Energetika vazirligi Matbuot xizmati.

    Ayni paytda ushbu nosozlikni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda. Yongʻindan yon-atrofdagi binolarga zarar yetmagan.

    Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok boʻlganlar yoʻq.