Suhbat davomida hamkorlikning dolzarb masalalari, jumladan, energetika va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan qoʻshma loyihalarning bugungi holati, yangi qoʻshma loyihalar portfelini kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Toyota Tsusho Corporation Toyota guruhi tarkibiga kiruvchi savdo kompaniyasidir. 1948-yilda tashkil etilgan. Dunyo boʻylab 150 dan ortiq ofis va 900 filiallarni oʻz ichiga oladi. Kompaniyaning asosiy faoliyati Toyota Motor va Toyota guruhining boshqa kompaniyalarining avtomobil biznesini qoʻllab-quvvatlashdan iborat. 50 mingdan ortiq xodimlarga ega.
Uchrashuv yakunlari boʻyicha tomonlar hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va muhokama etilgan loyiha va tashabbuslarni jadal amalga oshirish doirasida bevosita oʻzaro hamkorlik formatini ishlab chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.