“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi joriy yilning sentyabr oyida oʻtkaziladi

    10-aprelidan 10-mayiga qadar oʻtkazilgan respublika “Toza havo” oyligining 1-bosqichida jami 161 537 ta avtotransport vositasi qamrab olindi. Shundan 153 761 tasi toksinlik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazildi.

    Joriy yilning 10-aprelidan 10-mayiga qadar respublika miqyosida oʻtkazilgan “Toza havo” oyligining 1-bosqichida jami 161 537 ta avtotransport vositalari qamrab olindi. Shundan 153 761 tasi toksinlik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi boʻyicha tekshiruvdan oʻtkazildi.

    Tekshiruvlar davomida avtotransport vositalarining 4 326 tasi, yaʼni 2,7 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqori ekanligi aniqlandi. Jumladan, Toshkent shahrida tekshirilgan 11 078 ta avtotransport vositasining 408 tasi yoki 2.7 foizida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meʼyordan ortiq.

    Oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori oʻrnatilgan meʼyorlardan yuqorilik darajasi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi.

    Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qoʻpol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddalari bilan 246 million 225 ming soʻm jarima choralari qoʻllanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik toʻxtatib qoʻyildi.

    Mazkur tadbir davomida muntazam Yoʻl patrul xizmati maskanlarida, koʻchalarda hamda avtokorxonalarga kirish/chiqish joylarida foydalanishda boʻlgan avtotransport vositalari tekshirilib, ularda ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarida belgilangan normalardan ortiq boʻlgan taqdirda vaqtincha toʻxtatib, taʼmirlash evaziga jami 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olingan.

    “Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi joriy yilning sentyabr oyida oʻtkaziladi.