Xizmat ko'rsatish sifatini yanada yaxshilash maqsadida Xorazm viloyat “Toza hudud” davlat unitar korxonasi Xonqa va Gurlan tumanlaridagi filiallariga 6 ta maxsus xizmat avtomashinalarini topshirdi. Mazkur tumanlarda shu kungacha 14 tadan maxsus xizmat avtomashinalari belgilangan grafik asosida aholiga xizmat ko'rsatayotgandi.
Tumanlardagi filiallarning zamonaviy texnik bazaga ega bo'lishi ish sifatiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi shubhasiz.
Ro'zimboy Hasan,
“Yangi O'zbekiston” muxbiri