Jahonning mashhur sayyohlik yo'nalishidagi nashrlaridan biri “TRAIN TRAVEL” internet nashri tomonidan “Traveling by Train: 6 Reasons Why I’ll Always Opt for Trains Over Planes” (Poezdda sayohat: Nima uchun men samolyotdan ko'ra poyezdni tanlashimning 6 sababi) sarlavhasi ostida material e'lon qilindi.

Jurnalist Daniel James Clarke tomonidan tayyorlangan maqolada xorijliklar uchun O'zbekiston bo'ylab poyezd yordamida sayohat qilishning afzalliklari haqida qiziqarli ma'lumotlar berilgan.

Shuningdek, materialda O'zbekistonning hududlardagi turizm manzilgohlari, kishini lol qoldiruvchi jihatlar va mamlakatimizning mazali taomlari haqida so'zlangan.