U bu haqda o'zining Truth Social sahifasida yozgan.
“Ko'p sonli siyosiy mahbuslarning ozod qilinishi muhim va oqilona qadamdir. AQSh va Venesuela, ayniqsa, neft va gaz infratuzilmasini ancha katta, yuqori sifatli va zamonaviy shaklga qayta tiklash borasida muvaffaqiyatli hamkorlik qilmoqda. Yirik neft kompaniyalari kamida 100 milliard dollar sarmoya kiritmoqda. Men bugun ular bilan Oq uyda uchrashaman”, deb yozdi u.
AQSh Prezidenti shuningdek, Venesuelaga avvalroq kutilgan ikkinchi zarbalar to'lqinini bekor qilganini, ammo AQSh dengiz floti o'z joyida qolishini aytdi, deb xabar berdi report.az.
“Ushbu hamkorlik tufayli men ilgari kutilgan ikkinchi hujumlar to'lqinini bekor qildim, bunga zarurat bo'lmaydigan ko'rinadi, ammo barcha kemalar xavfsizlik maqsadida o'z o'rnida qoladi”, deb ta'kidladi Tramp.