"Ular o'z to'lovlarini to'lashlari kerak. Agar bu amalga oshmasa, inauguratsiyadan keyin AQSh-NATO munosabatlarini qayta ko'rib chiqaman", — deya ta'kidladi Tramp NBC News telekanaliga.
Amerikalik siyosatchi uzoq vaqtdan beri NATO'ning barcha davlatlari ham mudofaa ittifoqi kelishuvlarida qayd etilganidek, o'z yalpi ichki mahsulotning kamida 2 foizini mudofaa xarajatlariga ajratmayotganini tanqid qilib keladi.
Iqtisodiy Tadqiqotlar Instituti ma'lumotlariga ko'ra, NATO mamlakatlari orasida Qo'shma SHtatlardan tashqari, faqat Polsha va Buyuk Britaniya 1990 yildan beri har yili umumiy YAIMning 2 foizidan ortig'ini mudofaaga sarflaydi. Germaniyada zaruriy mudofaa investitsiyalarining etishmasligi taxminan 230 milliard evroni, Italiyada 120 milliard evroni, Ispaniyada 80 milliard evrodan ortiqni tashkil qiladi.