Tramp: AQSh qurolli kuchlari giyohvand moddalar ortilgan, Venesuelaga tegishli kemaga zarba berdi

    AQSh Qurolli kuchlari Venesueladan AQShga giyohvand moddalarni olib o'tayotgan uchta “narkoterrorchi”ni yo'q qildi, dedi Donald Tramp.

    15-sentabr, dushanba kuni ertalab AQSh Qurolli kuchlari AQShga giyohvand moddalarni olib o'tayotgan “venesuelalik narkoterrorchilar”ga zarba berdi. Bu haqda AQSh Prezidenti Donald Tramp o'sha kuni kechqurun Truth Social ijtimoiy tarmog'ida bayonot berdi.

    Uning so'zlariga ko'ra, AQSh harbiylari Janubiy qo'mondonlik hududida faoliyat yurituvchi “aniq identifikatsiya qilingan, o'ta zo'ravon narkokartellar va narkoterrorchilarni” nishonga olgan. “Bu o'ta zo'ravon narkokartellar AQShning milliy xavfsizligi, tashqi siyosati va hayotiy manfaatlariga tahdid soladi”, deb ta'kidladi Oq uy rahbari. Donald Trampning so'zlariga ko'ra, operatsiya natijasida 3 nafar erkak terrorchi yo'q qilingan. Biroq, AQSh Qurolli kuchlari hech qanday zarar ko'rmadi, deb xabar berdi dw.com.