U bu bayonotni Vakillar palatasining Respublikachilar saylovoldi kompaniyasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan, har yili o‘tkaziladigan xayriya mablag‘larini yig‘ish tadbirida aytdi.

AQShning Eronga qarshi harbiy operatsiyasi haqida gapirib, Tramp o‘z mamlakatining eng yaxshi qurollarga ega ekanligini ta’kidladi.

“Agar e’tibor bergan bo‘lsangiz, men ularni tezroq va ko‘proq miqdorda ishlab chiqaring deb aytdim, chunki biz bularning barchasini Amerikada ishlab chiqarishimiz kerak”, deb ta’kidladi u.

Shu oy boshida Oq uy ma’muriyati BAE Systems, Boeing, Honeywell Aerospace, L3Harris Missile Solutions, Lockheed Martin, Northrop Grumman va Raytheon kabi yetakchi qurol ishlab chiqaruvchilar vakillari qurol ishlab chiqarishni to‘rt baravar oshirishga rozi bo‘lganliklarini e’lon qildi, deb xabar berdi report.az.