AQSh Prezidenti Donald Tramp “Temir gumbaz” deb nomlangan milliy raketaga qarshi mudofaa tizimini ishlab chiqish to'g'risidagi farmonni imzoladi. Bu haqda dushanba kuni Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjat Floridadan Merilendga parvoz paytida imzolandi, deb xabar beradi tass.ru.

20-yanvar inauguratsiya kuni Tramp ushbu raketaga qarshi mudofaa tizimi mamlakatda ishlab chiqarilishini ma'lum qildi. “Men harbiylarimizga butunlay AQShda ishlab chiqariladigan buyuk raketadan mudofaa qalqoni “Temir gumbaz” qurilishini boshlashni buyuraman”, dedi u.