AQSh Prezidenti Donald Tramp Eron bilan yadro dasturi bo'yicha tinchlik bitimi tuzishni taklif qildi, unga rioya qilish shartlarini tomonlar kuzatib borishadi, deb xabar beradi tass.ru.

“Men Eronga tinchlik sharoitida rivojlanish va gullab-yashnashga imkon beruvchi nazorat ostida, tinch yadroviy kelishuvni afzal deb bilaman. Biz buning ustida zudlik bilan ishlashni boshlashimiz, imzolangan va ratifikatsiya qilinganidan keyin katta Yaqin Sharq bayramini tezlashtirishimiz kerak”, deb yozdi u o'zining Truth Social sahifasida.