AQSh prezidenti Donald Tramp futbol bo‘yicha Eron milliy terma jamoasining 2026-yilda AQSh, Meksika va Kanadada bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida ishtirok etishini olqishlaydi. Bu haqda FIFA prezidenti Janni Infantino o‘zining Instagram sahifasida xabar berdi.
"Bugun kechqurun men AQSh prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lajak jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonini muhokama qilish uchun uchrashdim. Erondagi hozirgi vaziyat haqida ham gaplashdik. Muhokama chog‘ida Tramp Eron jamoasini kutishayotganini va u turnirda ishtirok etishi mumkinligini tasdiqladi. Barchamizga hozir odamlarni birlashtirish uchun jahon chempionati kabi tadbir kerak. Men AQSh prezidentiga qo‘llab-quvvatlagani uchun chin dildan minnatdorchilik bildiraman, chunki bu futbol dunyoni birlashtirishini ko‘rsatadi," deb yozdi Infantino.
Ma’lumot o‘rnida, mundial joriy yil 11-iyundan 19-iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo‘lib o‘tadi. O‘zbekiston milliy terma jamoasi ushbu mundialda tarixda ilk bor ishtirok etadi. Mundialda Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston MTJ "K" guruhida Portugaliya, Kolumbiya, va Yangi Kaledoniya, Yamayka, Kongo DR terma jamoalari g‘olibi bilan bir guruhdan joy olgan.