Trampning qo‘shimcha qilishicha, Eron Islom Respublikasining eng yirik energetika inshootiga birinchi bo‘lib hujum qilinadi.

Prezident bu haqda o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi akkauntida xabar berdi. Kecha Isroil mudofaa vaziri Isroil Kats SAXAL va AQSh harbiylari yaqin kelajakda Eronga qarshi hujumlarni kuchaytirish niyatida ekanligini aytdi.

Bundan oldin 22 mamlakat hukumatlari bo‘g‘ozdan xavfsiz o‘tishni ta’minlashga qaratilgan sa’y-harakatlarga hissa qo‘shishga tayyor ekanliklarini bildirishgan edi. Ular Eronning qo‘shni davlatlarga hujumlarini qoralashdi va Tehrondan jabr ko‘rgan mamlakatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirishdi, deb xabar berdi kommersant.ru.

NBC News avvalroq Oq uy Hormuzdagi kemalar xavfsizligini ta’minlash uchun Eron bandargohlarini egallab olish va Fors ko‘rfazidagi kichik orollarga qo‘shinlarni joylashtirish variantini muhokama qilayotgani haqida xabar bergan edi.