Oq uy saytidagi hujjatga koʻra, shu kuni Amerika xalqi “oʻz vatani, erkinligi va Gʻarb sivilizatsiyasining omon qolishi uchun” halok boʻlganlarning barchasini xotirlaydi.
Amerika askarlarining qurbonlarisiz bu urushda gʻalaba qozonib boʻlmas edi va bugungi dunyo butunlay boshqacha koʻrinishda boʻlardi, — deyiladi hujjatda.
Butun dunyoda Ikkinchi jahon urushidagi ittifoqchilar bu hafta bayram qilishmoqda, ammo AQSH bu kunni hech qachon chinakamiga nishonlamagan, garchi gʻalaba asosan biz tufayli qoʻlga kiritilgan boʻlsa-da. Xohlaysizmi-yoʻqmi, biz bu urushga kirdik va uni yutib chiqdik. Bizga koʻplab buyuk ittifoqchilar yordam berdi, biroq oʻylaymanki, hech kim aynan biz ustun kuch boʻlganimizni inkor etmaydi, dedi Tramp.
AQSH prezidenti 8-mayni Ikkinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalaba kuni va 11-noyabrni Birinchi jahon urushida qozonilgan Gʻalaba kuni deb eʼlon qilgandi. U Amerikaning koʻplab ittifoqchilari allaqachon 8-mayni nishonlayotganini, biroq aynan AQSH gʻalabani taʼminlash uchun “boshqa har qanday davlatdan koʻproq” ish qilganini aytgandi.