AQSh Prezidenti Donald Tramp bu haqda 14-mart, shanba kuni o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idada e’lon qildi.

“Ko‘pgina davlatlar, ayniqsa Eronning Hormuz bo‘g‘ozini yopishga urinishlaridan zarar ko‘rganlar, bo‘g‘ozni ochiq va xavfsiz saqlash uchun Qo‘shma Shtatlar bilan birga harbiy kemalar yuborishadi”, deb yozdi Amerika yetakchisi.

Tramp mintaqadagi dengiz transporti xavfsizligiga bog‘liq bo‘lgan Xitoy, Fransiya, Yaponiya, Janubiy Koreya va Buyuk Britaniya ham operatsiyaga qo‘shilishi mumkinligiga umid bildirdi.

Amerika Prezidenti AQSh harbiylari allaqachon Eronning harbiy imkoniyatlarini “butunlay yo‘q qilganini”, ammo Tehron hali ham alohida hujumlarni amalga oshirishi mumkinligini aytdi.

“Biz Eronning harbiy salohiyatini 100 foiz yo‘q qildik, ammo ular uchun bir yoki ikkita dron yuborish, mina qo‘yish yoki qisqa masofali raketa uchirish oson”, deb ta’kidladi Tramp.

Shu bilan birga, siyosatchi AQSh kemalarga tahdid yo‘q bo‘lmaguncha Eron pozitsiyalariga zarba berishda davom etishini aytdi, deb xabar berdi korrespondent.net.

“Biz qirg‘oqlarni bombardimon qilamiz va Eron katerlari va kemalarini yo‘q qilishda davom etamiz. Qanday bo‘lmasin, biz tez orada Hormuz bo‘g‘ozini ochiq, xavfsiz va erkin qilamiz”, deb ta’kidladi AQSh Prezidenti.