AQSH prezidenti Donal`d Tramp, u Oq uyning ikki xodimida koronavirus infektsiyasi aniqlanganidan keyin gidroksixloroxin qabul qila boshlaganini aytdi.
"Men bu doriga etarlicha ishonaman. Oq uyning ikki xodimida koronavirus aniqlanganidan keyin dori ichishni boshladim. Menimcha, bu foyda beradi", dedi Tramp jurnalistlarga bergan interv`yusida.
Avvalroq Tramp har kuni gidroksixloroxin preparatini qabul qilgani haqida xabar bergan edi. OAV tanqididan so'ng, Prezidentning shaxsiy shifokori SHon Konli Trampning dorini qabul qilishi xavfni oshirganligi haqida bayonot berdi. Ushbu haftada esa Tramp gidroksixloroxinni qabul qilishni tugatishini e'lon qildi.