Tramp po'lat va alyuminiyga 25 foizlik bojlar joriy etishini aytdi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp 10-fevral, dushanba kuni AQShga po'lat va alyuminiy yetkazib berishga 25 foizlik bojlar joriy etish niyatida ekanini jurnalistlarga ma'lum qildi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.

    “Biz dushanba kuni po'lat tariflarini e'lon qilamiz”, dedi Tramp jurnalistlarga, samolyotida Luizianaga ketayotgan paytida. “AQShga yetkazib beriladigan har qanday po'lat uchun 25% bojlar joriy etiladi. Va alyuminiy uchun ham”, deya tushuntirdi u.

    Shuningdek, Tramp yaqin kunlarda ko'plab mamlakatlarga ta'sir ko'rsatadigan qo'shimcha choralar joriy etilishini e'lon qilmoqchi ekanligini aytdi, deb xabar beradi tass.ru.