Tramp Stallone, Gibson va Voytni Gollivuddagi maxsus elchilar etib tayinladi

    AQShning yangi saylangan Prezidenti Donald Tramp Silvestr Stallone, Mel Gibson va Jon Voytni Gollivuddagi maxsus elchilar etib tayinladi.

    Bu haqda Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi, deb yozadi FoxNews.

    “Men Jon Voyt, Mel Gibson va Silvestr Stalloneni ajoyib, ammo ayni paytda o'ta notinch joy Kaliforniya shatatidagi Gollivudning maxsus elchilari sifatida e'lon qilishdan faxrlanaman”, deb yozadi u.

    Trampning ta'kidlashicha, uning elchilarining maqsadi so'nggi to'rt yil ichida “xorijiy mamlakatlarda ko'plab mijozlarini yo'qotgan” Gollivudni qaytarish va uni “har qachongidan ham kattaroq, yaxshiroq va kuchliroq” qilishdir.

    Tramp bu uchlik uning “ko'zi va qulog'i” bo'lishini va ularning takliflarini tinglashini ta'kidladi, deb xabar beradi korrespondent.net.