Tramp TikTok nazoratini Amerika korporatsiyalariga o'tkazish to'g'risidagi farmonni imzoladi

    AQSh Prezidenti Donald Tramp TikTok bitimiga oid farmonni imzoladi. Kompaniya endi Amerika korporatsiyalari nazorati ostida va AQShda faoliyatini davom ettira oladi.

    Kompaniya 14 milliard dollarga baholangan. AQSh Vitse-prezidenti Jey Di Vensning ta'kidlashicha, TikTok bundan buyon amerikaliklarga qarshi “tashviqot vositasi” sifatida foydalanilmaydi, deb xabar berdi rbc.ru.

    “Biz qonun talab qilganidek, amerikaliklarning shaxsiy hayotini himoya qilganimizga ishonch hosil qilmoqchi edik. Muvaffaqiyatga erishganimizga ishonamiz. Albatta, biz bu borada ishlashni davom ettiramiz. Lekin bu kelishuv amerikaliklar TikTokdan foydalanishi mumkin degani, lekin avvalgidan ko'ra ko'proq ishonch bilan”, deya ta'kidladi Vens.