“Menimcha, biz allaqachon katta yutuqlarga erishdik”, deya uning so'zlaridan iqtibos keltiradi AFP.

Jurnalistning Rossiya Prezidenti Vladimir Putinga ishonish mumkinmi degan savoliga Tramp “ishon, lekin tekshir” degan maqol bilan javob berdi. Shu bilan birga, AQSh Prezidentining so'zlariga ko'ra, agar Putin Kiyev bilan tinchlik shartnomasi tuzsa, uni buzadi va yana Ukrainaga bostirib kiradi, deb “o'ylamaydi”.

Shuningdek, Trampdan Ukrainaga yevropalik tinchlikparvar kuchlarning yuborilishi NATO shartnomasining 5-moddasi ishga solinishi mumkinligidan qo'rqmaydimi, deb so'raldi, ya'ni alyansning a'zolaridan biri hujumga uchragan taqdirda uning barcha a'zolari unga yordam berishlari talab qilinadi. “Menimcha, bizda bunga hech qanday sabab bo'lmaydi”, deb javob berdi AQSh Prezidenti. Uning qo'shimcha qilishicha, u umuman olganda ushbu moddada qayd etilgan NATOning jamoaviy mudofaa tamoyilini qo'llab-quvvatlaydi.

Tramp Ukrainada potentsial tinchlikparvarlik missiyasi tafsilotlarini muhokama qilishdan bosh tortdi va avvalo Moskva va Kiyev o'rtasida tinchlik kelishuviga erishmoqchi ekanini aytdi, deb xabar beradi dw.com.