Qonun loyihasining muallifi respublikachi senator sobiq prezidentlikka nomzod Marko Rubio. Qonunga ko‘ra, Vashington tomonidan Xitoyda uyg‘urlarga va boshqa musulmonlarga nisbatan tazyiq o‘tkazgan, deb topilgan mansabdor shaxslar AQSh sanktsiyalariga tushadi. AQSh bunday odamlarga viza bermasligi va ularning AQShda mavjud boyliklarini muzlatishi mumkin bo‘ladi.
Oq uy o‘zining rasmiy saytida «Mening administratsiyam qonunning cheklovga tushgan odamga nisbatan sanktsiyani bekor qilish uchun Kogressni ogoh qilishni nazarda tutuvchi 6(g) bo‘limiga amal qilishga harakat qiladi. Ammo bu jarayon prezidentning diplomatik faoliyat olib borishiga ta’sir o‘tkazmasligi ham inobatga olinadi», deb Trampning gaplarini keltirilgan.
2018 yilda BMTning inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Mishel Bachalet Xitoyning Sintszyan provintsiyasidagi (Urumchi) axloq tuzatish koloniyalarida 1 millionga yaqin uyg‘urlar noqonununiy ushlab turilgani haqida ma’lumot borligini aytgandi. Komissar bu ma’lumotni tekshirish uchun Xitoyga xalqaro ekspertlar guruhini yuborishni taklif qilgan.
Ammo rasmiy Pekin barcha ayblovlarni rad etib, lagerda terrorizm va ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushib qolganlar saqlanishini aytib keladi. Pekin bergan ma’lumotlarga ko‘ra, lagerda ushlab turilgan odamlarga Xitoy tilidan boshlang‘ich ta’lim, kommunikatsion bilimlar va Xitoy qonunchiligi o‘qitiladi. Lagerlarda ushlab turilgan uyg‘urlar va musulmonlar soni aniq aytilmaydi.